Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Karyera kuni”

17.11.2021, 17:29 Yangiliklar 1555

TDSHU Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti 4-bosqich bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida, 2021-yil 17-noyabr kuni ish beruvchi potensial hamkor tashkilotlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

2

Uchrashuvda O‘zFA tasarrufidagi Sharqshunoslik institutidan Hilola Nazirova, O‘zFA Tarix institutidan Anora Tog‘ayeva, Ikrom Azizovlar hamda O‘zFA Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori Xurshid Fayziyevlar qatnashdilar.

1

Uchrashuv davomida talabalar hamkor tashkilotning ish faoliyati, unda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishdilar. Shu bilan birga, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

TDSHU Matbuot xizmati