TDSHUda kechki ta’lim bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 17-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2025/2026-o‘quv yili kechki ta’lim shakli bitiruvchi kurs talabalariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir universitetning bosh binosida tantanali ruhda tashkil etilib, unda bitiruvchilar, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.
Marosim davomida bitiruvchilarga diplomlar topshirilib, ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi. Shuningdek, tadbir davomida bitiruvchilarning ta’lim jarayonidagi yutuqlari alohida e’tirof etildi.












