TDSHUda Ochiq eshiklar kuni
2026-yil 14-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri munosabati bilan Toshkent shahar maktablari va litseylarining o‘quvchi va talabalari tashrif buyurishdi.
Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining institut va fakultetlari tomonidan mavjud ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar haqida ko‘rgazma materiallari va taqdimot roliklari orqali 400 nafardan ortiq bitiruvchi sinf o‘quvchilariga ma’lumotlar berildi.





























