Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Pokiston madaniyatiga bag‘ishlangan “Bazm-e-Mausiqi” nomli tadbir

28.04.2026, 19:05 Yangiliklar 430

Pokiston Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruq janoblari tashabbusi bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Bazm-e-Mausiqi” nomli madaniy-musiqiy dastur bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Pokistonning boy madaniyati, milliy musiqa anʼanalari hamda sanʼat namunalari bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur madaniy kecha ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, talaba-yoshlar o‘rtasida madaniy almashinuvni kengaytirishga xizmat qildi.

Mazkur hamkorlik natijasida universitetda urdu tilini o‘qitish tizimi takomillashib, akademik aloqalar izchil rivojlanib bormoqda.