Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual tanlovi o‘tkazildi

19.11.2026, 18:22 Yangiliklar 33

2026-yil 19-noyabr kuni “Butunjahon falsafa kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi tashabbusi bilan universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi hamkorligida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur ma’rifiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tanlovda turli kafedralar va oliy maktablarning yetuk professor-o‘qituvchilari, bo‘limlarning fidoyi xodimlari o‘z jamoalari bilan faol ishtirok etib, bilim, zakovat va ijodiy tafakkur maydonida o‘zaro kuch sinashdilar.

Yetti raunddan iborat tanlov yakunida:

1-o‘rin: Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat “Konservatorlar” jamoasi;

2-o‘rin: Iqtisodiyot va menejment kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat “Ekonomist” jamoasi;

3-o‘rin: TDSHU bo‘limlari xodimlaridan iborat “Innovatorlar” jamoasi.

Tanlov g‘oliblari universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplomlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tanlov jarayoni nafaqat ilmiy bahs va mantiqiy mushohada ruhida, balki hamjihatlik, do‘stlik va o‘zaro hurmat muhitida kechib, ishtirokchilarga yorqin taassurotlar, yangi bilimlar va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.