TDSHUda professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Amaliy fanlar fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.




Musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Sport musobaqalari shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha erkaklar hamda ayollar o‘rtasida o‘tkazildi. Ishtirokchilar bahslarda o‘zlarining sport mahorati, mantiqiy fikrlash va chaqqonliklarini namoyish etdilar.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:
♟ SHAXMAT — erkaklar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Raximboyev Izzat
🥈 2-o‘rin — Xudoyberdiyev Akbar
🥉 3-o‘rin — Jabborov Shukur
🏓 STOL TENNISI — erkaklar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Abdujalilov Inomjon
🥈 2-o‘rin — Madolimov Asilbek
🥉 3-o‘rin — Hamidov Abdulhakim
♟ SHAXMAT — ayollar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Xabibullayeva Maxliyo
🥈 2-o‘rin — O‘rozaliyeva O‘lmasoy
🥉 3-o‘rin — Mustafoyeva Farangiz
🏓 STOL TENNISI — ayollar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Fayzullayeva Dilafro‘z
🥈 2-o‘rin — Sultanova Lola
🥉 3-o‘rin — Valiyeva Noiba
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Bunday sport tadbirlari universitet jamoasi a’zolari o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stona muhit va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



