TDSHUda talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda USTravel kompaniyasi o’rtasida Work & Travel va InternWay xalqaro dasturlari bo’yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Memorandum imzolandi.
📌 Hamkorlik doirasida universitet talabalari uchun:
🔹 Work & Travel — xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyati olib borish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyati;
🔹 InternWay International Internship — xorijiy kompaniya va tashkilotlarda ta’lim yo‘nalishiga mos xalqaro amaliyot (internship) o‘tash imkoniyatlari;
🔹 talabalarni mutaxassisligi va kursiga mos xalqaro amaliyot imkoniyatlari bilan ta’minlash;
🔹 kasbiy ko‘nikmalar, xorijiy til va xalqaro ish tajribasini rivojlantirish
bo‘yicha hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.
🎓 Hamkorlik doirasida 2-, 3- va 4-bosqich talabalari uchun xalqaro amaliyot imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
📢 Hamkorlikning navbatdagi bosqichida talabalar uchun Work & Travel va InternWay dasturlari bo‘yicha taqdimotlar va uchrashuvlar tashkil etiladi.
🌍 Xalqaro tajriba — professional kelajak sari muhim qadam!
📲 Dasturlar bo‘yicha batafsil ma’lumot universitetning rasmiy sahifalarida berib boriladi



