Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Tarixiy voqeliklar va falsafiy ideallar: Fanlar o’rtasidagi dialoglar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

20.09.2025, 14:58 Yangiliklar 1169

2025-yil 20-sentabr kuni TDSHUda “Tarixiy voqeliklar va falsafiy ideallar: Fanlar o‘rtasidagi dialoglar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda Qozog‘iston, Eron, Hindiston, Ozarbayjon, AQSh, Qirg‘iziston va Polshadan nufuzli olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etib, tarixiy meros, falsafiy qarashlar va zamonaviy ilmiy yondashuvlar xususida o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Konferensiya davomida fanlararo integratsiyani rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tarix, falsafa, etnologiya, madaniyatshunoslik va zamonaviy tahlil texnologiyalarining uyg‘unligi o‘tmish va bugunni turli fanlar dialogi orqali ko‘rish imkoniyatini yaratdi.

Konferensiya dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetakchi olimlarning faol ishtiroki bilan yanada ortdi. Konferensiya o’z ishini sho’balarda davom ettirdi. Tadbir sharqshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida yangi g‘oya va tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

 

    WordPress Lab Pinterest for WooCommerce Pinterestomatic Automatic Post Generator and Pinterest Auto Poster Plugin for WordPress PinWorks+ WordPress Pinterest Gallery Widget Piotnet Addons For Elementor Pro Piqes | Creative Startup & Agency WordPress Theme PIRUS – Dark Digital Agency Elementor Template Kit Pirus – Dark Digital Agency FSE WordPress Theme Pithree – Construction & Building WordPress Theme Pitstop – Auto Parts WooCommerce Theme Pivot | Multi-Purpose HTML with Page Builder