Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayoni o‘tkazildi

18.08.2026, 12:18 Yangiliklar 135

18-avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni universitetning 61010100 — Turizm va mehmondo‘stlik ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayoni tashkil etildi.

Suhbat davomida abituriyentlarning tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilim va dunyoqarashi, sohaga bo‘lgan qiziqishi, kommunikativ ko‘nikmalari hamda kelgusidagi kasbiy maqsadlari baholandi.

Suhbat jarayoni belgilangan tartibda, ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilib, nomzodlarning mazkur yo‘nalishda tahsil olishga tayyorgarligi hamda turizm va mehmondo‘stlik sohasida professional faoliyat yuritish salohiyatiga e’tibor qaratildi.

Suhbat yakunlari bo‘yicha yakuniy natijalar e’lon qilindi.