Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Toshkent shahar prokurori ishtirokida Mirobod tuman yoshlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

23.07.2026, 16:40 Yangiliklar 110

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Toshkent shahar prokuraturasi hamda Mirobod tuman hokimligi hamkorligida Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi A. Urmanov ishtirokida Mirobod tuman yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida yoshlar ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, kasb-hunar egallash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan o‘z murojaatlari hamda tashabbuslarini bildirdilar. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, mutasaddi tashkilotlar vakillariga ularni o‘rganish va qonunchilik doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, yoshlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va hayotda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish davlat organlari hamda mas’ul tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar nazoratga olinib, ularni amaliy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.