Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “WORK & TRAVEL EUROPE 2026–2027” dasturi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi

16.10.2026, 17:48 Yangiliklar 48

2026-yil 16-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti talabalari uchun USTravel hamkorligida “Work & Travel Europe 2026–2027” dasturiga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi.

Taqdimot davomida talabalarga Yevropa davlatlarida Work & Travel dasturlari orqali ishlash va yashash imkoniyatlari, mehnat sharoitlari, daromad va xarajatlar, shuningdek, dasturda ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, dasturda ishtirok etish shartlari, mavjud imkoniyatlar va tashkiliy jarayonlar yuzasidan mutaxassislardan javoblar oldilar.

Mazkur taqdimot talabalarning xalqaro tajriba orttirish, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish hamda kelgusidagi rejalarini belgilashlarida muhim ahamiyat kasb etdi.