TDSHUda xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
2026-yil 2-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiyaning Gazi University o‘qituvchisi, Mustafa Tatcı hamda professor Musa Yıldız ishtirokida “Ahmad Yassaviy va Yunus Emre merosi: umumiy qadriyatlar va ma’naviy meros” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida buyuk mutafakkirlar Ahmad Yassaviy va Yunus Emre ijodining turkiy xalqlar ma’naviy hayotidagi o‘rni, ularning insonparvarlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va komillik g‘oyalari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Seminar yakunida talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida savol-javob hamda ilmiy muloqot tashkil etildi. Mazkur seminar ikki xalq o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, turkiy adabiy merosni keng targ‘ib qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.











