TDSHUda “Xitoy tili ko‘prigi” tanlovi finali va stipendiyalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 16-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan 2026-yilgi “Xitoy tili ko‘prigi” tanlovining Oʻzbekiston bosqichi finali, “Ipak yo‘li tutashgan manzillar: Men va Xitoy” qisqa videolar tanlovi g‘oliblarini e’lon qilish hamda Elchixona stipendiyalarini topshirish marosimi tashkil etildi.
Unda Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun janoblari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, maktab o’quvchilari va tanlov qatnashchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi taʼlim, til oʻrganish va madaniy almashinuv yoʻnalishidagi hamkorlik natijalari haqida soʻz yuritildi. Faol va g’olib yoshlar diplom, sertifikat hamda esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.








