Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish Xalqaro kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

01.12.2022, 21:21 Yangiliklar 1312

BRM 5

Tadbirda Respublikamizda ko‘zga ko‘ringan rahbar ayollar Oliy Majlis Senatining “Xotin-qizlar va gender masalalari qo‘mitasi” raisi Qodirxonova Malika Akbarovna, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xuquqbuzarliklar bosh boshqarmasi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i  Abdullayeva Umida Hazratovna, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining maslahatchisi Jamoliddinova Odina, Oila-va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot inistituti  bo‘limi boshlig‘i Saydivaliyeva Xurshida Xadjakbarovna, Xalq deputatlari Mirobod kengashi deputati , Xotin-qizlar va gender tenglik komissiyasi raisi Saidjabbor Shoira Gaffarovna o‘zi maʼruzalari bilan ishtirok etishti.

IMG_0842

Tadbirning asosiy mohiyati bugungi kunda mamlakatimizda qizlarning har jabhada ildamligi, bugungi kunda yaratib berilayotgan shart sharoitlar, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ayol va qizlarimizning haq huquqlarini qonunan belgilab qo’yilgani takidlab o’tildi. Ochiq suhbat asosida o’tgan tadbirda mehmonlarimiz tomonidan yoshlarning fikrlari o’rganilib ularga tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir davomida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ish boshlagan “Sharqshunos lider qizlar” klubining taqdimoti ham bo’lib o’tdi.

IMG_0753

IMG_0767

IMG_0851

IMG_20221201_200941