Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUga Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

17.10.2026, 12:08 Yangiliklar 46

2026-yil 17-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti (IRShYEMO) direktori, akademik Sun Chjuanchji boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitet rahbariyati va Xitoy delegatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va davra suhbatlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda yosh olimlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrif Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Xitoyning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.