Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

«Avlodlarni boğlagan ilmiy meros: ustoz-şogird an’analari», TDŞUda professor Ulfatxon Muxibovaning 70 yillik yubileyi nişonlandi

13.11.2026, 17:06 Yangiliklar 27

2026-yil 13-noyabr kuni Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining asosiy binosi 300-xonasida taniqli hindşunos olima, professor Ulfatxon Muxibovaning tavalludiga 70 yil tölişi munosabati bilan «Avlodlarni boğlagan ilmiy meros: ustoz-şogird an’analari» mavzusida ilmiy-ma’rifiy anjuman bölib ötdi.

Unda universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar, taniqli olimlar, hamkasblar, şogirdlar hamda xorijiy mehmonlar iştirok etdi.

Anjuman avvalida Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Saodat Nasirova sözga çiqib, ustozning köp yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, universitet ta’lim va ilmiy salohiyatini yuksaltirişdagi xizmatlari, şarqşunoslik rivojiga qöşgan hissasi haqida fikr bildirdi. Ustozning hayot yöli, ilmga sadoqati va şogirdlar kamolotiga qaratgan e’tibori yoş avlod uçun ibrat maktabi ekanligi ta’kidlandi.

Şundan söng yubilyar hayoti va faoliyatiga bağişlangan qutlovlar taqdim etildi. Professor Abdurahim Mannonov, dotsent Tamara Xöjayeva, professor Şarustam Şamusarov, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Zohidjon Islomov, professor Jasur Ziyamuxamedov, şuningdek, xorijiy mehmonlar va hamkasblar öz tabriklarini yöllab, Ulfatxon Muxibovaning ilmiy faoliyati, insoniy fazilatlari va ustozlik maktabi haqida samimiy fikrlarini bildirdilar.

Tadbir davomida xorijiy mehmonlarning ham onlayn şakldagi qutlovlari tinglandi. Ular öz tabriklarida Ulfatxon Muxibovaga mustahkam soğlik, uzoq umr, xotirjamlik va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Mazkur yubiley anjumani ustozga hurmat va ehtirom körsatiş, köp yillik hamkasblik riştalarini mustahkamlaş hamda universitetda şakllangan ustoz-şogird an’analarini qadrlaşga xizmat qiladi.