Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDŞUda sport musobaqalari ğolib va sovrindorlari taqdirlandi

11.11.2026, 15:59 Yangiliklar 24

Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti Kasaba uyuşmasi qömitasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi, “Öqituvçi va murabbiylar kuni” hamda “Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni” bayramlari munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” boş ezgu ğoyasi ostida professor-öqituvçilar va işçi-xodimlar örtasida “Sport – salomatlik garovi” şiori ostida sport musobaqalari taşkil etilgan edi.

11-noyabr Özbekiston kasaba uyuşmalari xodimlari kuni arafasida mazkur musobaqalarda faol iştirok etgan hamda faxrli örinlarni egallagan professor-öqituvçilar va işçi-xodimlarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Taqdirlaş marosimida universitet rektori Saodat Abdullayevna Nasirova sözga çiqib, musobaqa ğolib va sovrindorlarini samimiy muborakbod etdi. Şuningdek, bunday sport tadbirlari nafaqat xodimlarning jismoniy faolligi va soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaşi, balki jamoada özaro hurmat, hamjihatlik, birdamlik va döstona munosabatlarni mustahkamlaşda ham muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladi.

Tadbir davomida sportning turli yönalişlari böyiça musobaqalarda faxrli örinlarni egallagan ğolib va sovrindorlar Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti Kasaba uyuşmasi qömitasi tomonidan qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.

Bu kabi taşabbuslar universitet jamoasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, xodimlarning sportga bölgan qiziqişini oşiriş, özaro hurmat, hamjihatlik va jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.