TDŞUda Xitoy delegatsiyasi bilan özaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy nomidagi Özbek-Xitoy instituti faoliyati doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Guansi davlat boşqaruvi instituti delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektori Saodat Nasirova hamda universitet vakillari iştirok etib, Guansi davlat boşqaruvi instituti vitse-prezidenti Tan Zesong boşçiligidagi delegatsiya a’zolari bilan ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar.

Xitoy delegatsiyasi tarkibidan davlat boşqaruvi sohasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bölimi direktori, professor Lyu Yong; huquqşunoslik yönalişidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bölimi direktorining örinbosari, professor Çen Fagui; madaniyat va tarix yönalişidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bölimi professori Hou Lin; falsafa yönalişidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bölimi öqituvçisi Liao Yiming hamda davlat xizmatçilarini tayyorlaş bölimi rahbari Mo Haifa iştirok etdilar.
Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş, professor-öqituvçilar hamda tadqiqotçilar örtasida tajriba almaşinuvini taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, davlat boşqaruvi, huquqşunoslik, madaniyat, tarix va falsafa kabi yönalişlarda ilmiy hamkorlikni kengaytiriş, qöşma ilmiy tadbirlar va seminarlar taşkil etiş, akademik aloqalarni mustahkamlaş hamda ikki tomonning ilmiy va ta’lim salohiyatidan samarali foydalaniş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvda Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy nomidagi Özbek-Xitoy institutining Özbekiston va Xitoy örtasidagi ta’limiy, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirişdagi örni ham muhim ekani ta’kidlandi. Mazkur institut orqali ikki mamlakatning ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, xitoy tilini örganiş va Xitoy madaniyatini keng tarğib etiş bilan bir qatorda, ilmiy va akademik aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş istiqbollari körib çiqildi.
Tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni izçil rivojlantiriş, istiqboldagi qöşma taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş va ta’lim hamda ilm-fan sohalaridagi aloqalarni kengaytiriş muhimligini qayd etdilar.
