Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDŞUning Iordaniya oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorligi kengaymoqda

18.11.2026, 09:36 Yangiliklar 25

Özbekiston–Iordaniya oliy ta’lim taşkilotlari rektorlarining birinçi forumi doirasida Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş yölida muhim kelişuvlarga erişildi.

Xususan, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti hamda Iordaniya Hoşimiylar Podşohligining Yaqin Şarq universiteti (Middle East University), Hoşimiylar universiteti (The Haşemite University) va Yarmuk universiteti (Yarmouk University) örtasida özaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Mazkur memorandumlar universitetlar örtasida xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantiriş, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yönalişlarida tajriba almaşiş, professor-öqituvçilar hamda talabalar akademik mobilligini kengaytiriş, qöşma ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oşiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi.

Uşbu kelişuvlar Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining Yaqin Şarq mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarini mustahkamlaş, xalqaro ta’lim makonidagi iştirokini kengaytiriş hamda özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişda muhim qadam böladi.