Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Temuriylar davri yodgorliklarini o‘rganish bo‘yicha seminar

05.06.2017, 20:23 Yangiliklar 3764

Temuriylar davri moddiy madaniyati yodgorliklarini o‘rganishga kun sayin qiziqish ortmoqda.

Niderlandiyaning Leyden universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari varkazida ham ushbu yo‘nalishda izlanishlar olib borilmoqda. TDSHIga mazkur universitet dotsenti, PhD Yelena Paskaleva tashrif buyurib, o‘z tadqiqotlari yuzasidan ma’ruzalar o‘qidi. Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan mobillik loyihasi Yevropa Ittifoqi Erasmus+ ICM dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, dunyoning eng nufuzli 100 ta universiteti ro‘yxatida 64 o‘rinda turadigan Leyden universitetida mazkur loyiha doirasida bu o‘quv yilida ToshDShI professorlari Sh.A.Yovqochev va B.Bobojonovlarning ham  ma’ruzalari o‘tkazilib, yuqori baholandi.

ToshDSHIda tashkil etilgan Yelena Paskalevaning ma’ruzalari ham tinglovchilarda qiziqish uyg‘otdi, qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.

photo_2017-06-05_15-47-54 photo_2017-06-05_15-48-07