Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

13.02.2020, 15:13 Yangiliklar 1948

12-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.Mazkur hujjatning imzolanishidan ko‘zlangan asosiy maqsad birgalikda bolalar ma’naviyatini shakllantirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish, bolalarga ta’lim va tarbiya berishda, ularni milliy, ma’naviy va madaniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, xorijiy tillarni o‘rgatishda hamkorlik qilish, shuningdek, yosh bolalarga chet tillarini o‘rgatishning innovatsion metodlari hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishda yaqin hamkorlikni o‘rnatishdan iborat. Shu bilan birga Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar kadrlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida 13.00.08 – “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash o‘z ishini boshlaganini zikr etib, mazkur shifr bo‘yicha maktabgacha ta’lim sohasi uchun ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashda ham o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.Shu o‘rinda alohida qayd etmoq joizki, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelgusida imkoniyati cheklangan yosh bolalarga Sharq tillari bo‘yicha inklyuziv ta’lim dasturlari va o‘quv materiallari yaratish, ularga maxsus audiokitoblar tayyorlash orqali jahon adabiyoti namunalari bilan tanishtirish imkonini ham beradi.

photo_2(1)