sonbahis girişsonbahissonbahis güncelgameofbetvdcasinomatbetgrandpashabetgrandpashabetエクスネスMeritbetmeritbet girişMeritbetVaycasinoBetasusBetkolikMeritbetmeritbetMeritbet girişMeritbetgiftcardmall/mygiftbetticketbetticketbetyapbetyapcasinomilyoncasinomilyoncasinoroyalcasinoroyalcasivalcasivalcasiveracasiveraceltabetceltabetefesbetefesbetenobahisenobahisgalabetgalabetgobahisgobahisalobetalobetkulisbetkulisbetvipslotvipslotkalebetkalebetfradcasibomcasibom girişroketbetroketbet girişroketbetroketbet girişvipslotvipslot girişvipslotvipslot giriştimebettimebet giriştimebettimebet girişjokerbetjokerbet girişjokerbetjokerbet girişharbiwinharbiwin girişharbiwinharbiwin girişcasinoroyalcasinoroyal girişcasinoroyalcasinoroyal girişbahislionbahislion girişbahislionbahislion girişalobetalobet girişalobetalobet girişavrupabetavrupabet girişavrupabetavrupabet girişeditörbeteditörbet girişeditörbeteditörbet girişenjoybetenjoybet girişenjoybetenjoybet girişbetkolikbetkolik girişbetkolikbetkolik girişbetnanobetnano girişbetnanobetnano girişbetciobetcio girişbetciobetcio girişromabetromabetalobetalobetbahiscasinobahiscasinokulisbetkulisbetultrabetultrabetbetnisbetnisroketbetroketbetinterbahisinterbahisteosbetteosbet girişteosbetteosbet girişkingroyalkingroyalbetciobetcio

Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovnaning Yangi yil tabrigi

31.12.2021, 15:11 Yangiliklar 6067

Hurmatli talabalar, magistrantlar, doktorantlar, o‘qituvchilar, xodimlar!

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman!

Mana, 2021-yilning so‘nggi soatlari o‘tib bormoqda. Bu yil murakkab yil bo‘ldi. Biroq, shunday bo‘lishiga qaramay, u bizga ko’plab yutuq va marralarni olib keldi: biz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi imkoniyatlarimizni sezilarli darajada kengaytirdik va epidemiologik vaziyatga qaramay, o‘tgan yili dunyoning yirik universitetlari bilan xalqaro hamkorlik bo‘yicha yangi shartnomalar tuzdik va umid qilamizki, 2022-yilda bizning aloqalarimiz yanada kengayadi.

O‘tib borayotgan yilni sarhisob qilar ekanmiz, ta’kidlash joizki, ko‘plab g’alaba va yutuqlarga erishdik. Ilm – fan deymizmi, ta’lim, sport, madaniyat va ijtimoiy faoliyatmi-TDSHU har bir sohada munosib o‘rinlarni egallab kelmoqda. Bu-biz haqli ravishda g’ururlanadigan umumiy yutug’imizdir.

Yangi yil arafasida barcha xodimlar va o‘qituvchilarga universitet rivoji yo‘lidagi vijdonan mehnati va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiraman. Yangi yil arafasida oldimizga yangi yirik maqsadlarni qo‘yishimiz an’anaga aylangan. Shunday ekan, biz innovatsion g’oyalarni amalga oshirishda davom etish va o‘quv jarayoniga yangi ta’lim uslublarini joriy qilishni ulkan maqsadlarimizdan deb hisoblaymiz.

Yangi yil oilaviy bayram hisoblanadi. Ko‘pchiligimiz uchun universitet ikkinchi uyiga aylandi desam mubolag’a qilmagan bo‘laman. Xodim va talabalarimiz o‘tib borayotgan yilning so‘nggi kunlarida universitetimizda ko‘tarinki bayram kayfiyati hukmron bo‘lishi uchun sidqidildan harakat qilishdi.

Aziz Ustozlar, TDSHU talabalari va tadqiqotchilari!

Siz universitetimizning faxrisiz. Universitetimizning barcha yutuqlari asosida Sizning sa’y-harakatlaringiz, iste’dodingiz va tuganmas energiyangiz turibdi va TDSHUning o’ziga xosligi va betakrorligi ham aynan shunda.

Yangi yilda barcha orzularingiz amalga oshsin va ishlaringizda omad yor bo‘lsin. Va albatta, qishki sessiyani muvaffaqiyatli topshirishingizni tilab qolaman.

Bayram bilan, aziz do‘stlar! Sizga yangi yilda yangi g’alabalar va yutuqlar, eng muhimi, mustahkam sog’liq hamroh bo‘lishini tilayman.

TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva

TDSHU Matbuot xizmati

    WordPress Lab Post Layout : News Ticker for Visual Composer Post List – Smart Post List Addon For Elementor Postcode/Address Validation for WooCommerce Posts Grid Builder for Elementor Postx Pro - Gutenberg Post Blocks Povert – NonProfit Fundraising Charity WordPress Theme Powerful Circle Menu Plugin for WordPress: Enhance User Engagement and Navigation Powerlegal – Law, Lawyer & Attorney WordPress Theme PowerPack Addons for Elementor PowerPack for Beaver Builder