Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari “Boysun bahori” festivalida
Ayni kunlarda Boysun tumani hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari ham faol ishtirok etmoqda. Milliy madaniy merosni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etayotgan ushbu festival jarayonlari qizg‘in va mazmunli tarzda davom etmoqda.

Festival doirasida sharqshunos talabalar festival voqealarini sharq tillarida yoritib borish bilan birga, Boysun tumanining boy madaniy merosi va turistik obyektlari haqida ham ma’lumotlar tayyorlamoqda. Xususan, tarixiy maskanlar, milliy qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodi hamda hududning o‘ziga xos urf-odatlarini aks ettiruvchi materiallar asosida “Boysun bahori” va Boysun tumani haqida maxsus jurnal yaratish ishlari olib borilmoqda.


“Boysun bahori” turistik majmuasi hududi milliy ruh va boy madaniy merosimizni o‘zida mujassam etgan bezaklar bilan yanada sayqal topgan. Bu muhit nafaqat mahalliy aholi, balki xorijiy sayyohlar uchun ham katta qiziqish uyg‘otib, milliy qadriyatlarimizning betakrorligini namoyon etmoqda.

Festival O‘zbekistonning boy madaniy merosini dunyo jamoatchiligiga keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.