Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” mavzusida ma’rifiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

05.12.2025, 18:20 Yangiliklar 641

2025-yil 5-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” mavzusida ma’rifiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyat hayotidagi o‘rni, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ma’rifiy qismda Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘zgarishlar, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash borasidagi islohotlar yoritib berildi. Tadbirning musiqiy qismida esa talabalar tomonidan Vatan, erkinlik va adolat g‘oyalarini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirish, ularni Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, milliy qadriyat va demokratik tamoyillarga sodiqlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

    WordPress Lab WooQuote – WooCommerce Product Enquiry & Request A Quote Plugin WooSearch – Popup Product Search & Filters for WooCommerce WooSocial – WooCommerce Social Login WordPress Plugin Woostify Pro – WooCommerce Theme WooSwatches – Woocommerce Color or Image Variation Swatches Wooti WP – Ultimate Multipurpose WordPress WooCommerce Theme Wooxon – WooCommerce WordPress Theme Woozone - WooCommerce Amazon Affiliates Word Search Game Wordbench – Municipal & Local Government WordPress Theme