Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida laboratoriya va inkubatsiya markazlaridan foydalanish uchun qabul boshlandi!
Maktab o‘quvchilari uchun yangi imkoniyat!
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida laboratoriya va inkubatsiya markazlaridan foydalanish uchun qabul boshlandi!
💡Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorining 2026-yil 30-apreldagi 107-UM-son buyrug’iga asosan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari uchun o‘z g‘oya va loyihalarini rivojlantirish, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida universitet laboratoriyalari va inkubatsiya markazlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.
✅Tanlov asosida saralangan o‘quvchilar universitetning tegishli laboratoriyalari va inkubatsiya markazlaridan bepul foydalanish, malakali mutaxassislar ko‘magida o‘z g‘oya va loyihalarini rivojlantirish hamda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🔻Kimlar ishtirok etishi mumkin?
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari;
innovatsion g‘oya yoki loyihaga ega bo‘lgan;
o‘z g‘oyasi yoki loyihasini tajriba-sinovdan o‘tkazish va rivojlantirish istagidagi o‘quvchilar.
📑Ariza uchun talab etiladigan hujjatlar:
G‘oya yoki loyiha haqida ma’lumot (taqdimot);
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining tavsiyanomasi;
Ota-ona yoki vasiyning rozilik xati.
⏳Qabul muddati
2026-yil 2-sentabrdan 2-oktabrgacha.
✔️Kelib tushgan arizalar belgilangan tartibda qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va amaliy ahamiyati, qo‘llash imkoniyati hamda innovatsion yangiligiga ko‘ra baholanadi.
📑Tanlov natijalariga ko‘ra eng yaxshi 5 ta g‘oya va 5 ta loyiha — jami 10 ta saralab olinadi.
Saralangan o‘quvchilarga universitet laboratoriyalari va inkubatsiya markazlaridan foydalanish uchun bepul imkoniyat yaratilib, ularning g‘oya va loyihalarini amalga oshirishiga mas’ul xodimlar tomonidan ko‘maklashiladi.
⏏️Amaliy mashg‘ulotlar va loyihalar ustida ishlash jarayonlari 2026/2027-o‘quv yilining noyabr oyidan may oyigacha, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining dars jadvalidan tashqari vaqtda tashkil etiladi.
🔖Murojaat uchun
Ariza topshirish tartibi, talab etiladigan hujjatlar va tanlov shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
📩 Telegram: @ilmiymuhandis
🚀O‘z g‘oyangizni rivojlantiring, uni amaliy loyihaga aylantiring va universitet infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ling!