Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoyning Beijing Financial Street Education Investment Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

23.09.2026, 16:22 Yangiliklar 118

23-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoyning nufuzli «Beijing financial street education investment Co., Ltd.» kompaniyasi vakillari bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazildi.

Muloqot davomida tomonlar oʻrtasida quyidagi istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi:
Universitetning xalqaro institutsional salohiyatini yanada rivojlantirish;
Xalqaro xitoy tili taʼlimi va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish;
Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar uchun moslashtirilgan kadrlar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish;
«Chinese + Major» modeli asosida xitoy tili va mutaxassislik fanlarini integratsiya qiluvchi oʻquv dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
Oʻquv-metodik va taʼlim resurslarini oʻzaro almashish;
Xitoy tili oʻqituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi taʼlim hamda madaniy almashinuv aloqalarini mustahkamlash.

Maʼlumot uchun: Beijing Financial Street Education Investment Co., Ltd. Xitoyning Pekin shahrida faoliyat yuritib, xalqaro taʼlim, xitoy tilini xorijda targʻib qilish, Xitoyda taʼlim olish dasturlari, xitoy tili oʻqituvchilarini tayyorlash hamda taʼlim muassasalarining xalqaro hamkorligini rivojlantirishga ixtisoslashgan. Kompaniya Pekin Til va Madaniyat Universiteti (BLCU) bilan yaqin hamkorlikda xalqaro loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Uchrashuv oʻzaro konstruktiv ruhda, doʻstona va amaliy takliflarga boy tarzda oʻtdi.