Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga oʻqishini koʻchirganlar diqqatiga!
Xorijiy va nodavlat oliygohlardan TDSHUga oʻqishini koʻchirgan talabalar shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda transkript bilan universitet mas’ullariga uchrashlari hamda fanlar farqini solishtirib olishlari soʻraladi.
Ayni vaqtda oliygoh mas’ullari tomonidan aloqa xati berish boshlanmoqda. Hozirga qadar universitetga kelib uchramagan va fanlar farqini solishtirib, kursini aniqlashtirmagan talabalarga aloqa xati berilmaydi.
2-sentabrdan boshlab oʻqishni koʻchirishga tavsiya etilgan talabgorlar universitetga kelib uchrashlari soʻraladi.
Manzil: TDSHU Tarix bino, 3-qavat 306-xona
Mas’ul: Rashidov Javohir 998974400748