Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHI delegatsiyasi Hindistonda

28.11.2019, 11:54 Yangiliklar 1389

Joriy yilning 25-noyabr kuni ToshDSHI delegatsiyasi rektor, senator G.Rixsiyeva boshchiligida Hindistonga tashrif buyurdi. Hindistonning bir necha yetakchi va nufuzli universitetlari bilan uchrashuvlar uyushtirildi, o’zaro hamkorlik aloqalari yangilandi, hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Mazkur tashrif doirasida delegatsiya vakillari Hindistonning Gujarat shtatidagi nufuzli Gujarat universitetiga ham tashrif uyushtirishdi. Uchrashuv davomida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi va unga ko’ra, o’zaro o’qituvchi va talabalar almashinuvi, qo’shma o’quv va ilmiy tadbirlar o’tkazilishi, 2020-2021 o’quv yilidan boshlab filologiya ixtisosligi bo’yicha o’qiyotgan ToshDSHI hindshunos magistrantlari uchun ikki tomonlama diplomlar dasturini (1+1) ochish, 2020 yilda ToshDSHIda Gujarat universiteti Smart sinfini tashkil etish ishlari amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.

Hindistonga tashrif davomida ToshDSHI delegatsiyasining Hindiston Ta’lim vazirligi huzuridagi urdu tilini targ’ib qilish bo’yicha Milliy Kengash rahbariyati bilan ham uchrashuvi bo’lib o’tdi. Milliy Kengash direktori doktor Shayx Oqil Ahmad ToshDSHIda urdu va hindiy tillari rivoji uchun qilinayotgan ishlarni yuqori baholab, Milliy kengash bilan hamkorlik qilish taklifini berdi. ToshDSHIda urdu tili sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash, urdu tilidagi o’quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash bo’yicha o’zaro kelishib olindi.

Hindistonda 15 yildan buyon o’zbek tili o’qitiladigan Jamiyya Milliyya Islamiyya universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi va hamkorlikning asosiy yo’nalishlari belgilab olindi.

pV_L01qML8AR6Ixw45oTGxyWjUGF-aho 7vqog4BfiGbk_xkThDlZZcUQZosyiqLY 77092673_2399016840225208_8613765905236623360_n 78056557_2399017100225182_1374391261296852992_n 78256650_2399016726891886_6006127419717582848_n 78256974_2399017133558512_4543033328432840704_n 78361177_2399017223558503_8986147798957162496_n 78406679_2399017586891800_1553789528399937536_n 78621966_2399016733558552_2379076629721776128_n mhKMrnGjFHNMI10Fw6mE5_7SNoIBiqbc photo_2019-11-29_10-19-52