Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHI talabalar turar joyida “Konstitutsiyaning inson huquqlarini himoya qilishdagi tarixiy ahamiyati” mavzusida davra suhbati

06.12.2019, 12:07 Yangiliklar 1281

5-dekabr kuni ToshDSHIning Tarix va falsafa fakulteti Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi tashabbusi bilan institut talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyaning inson huquqlarini himoya qilishdagi tarixiy ahamiyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida kafedra professor-o‘qituvchilari R.R.Alimova, I.B.Xudoynazarov, A.A.Madraimov, V.Abirov, Dj.Dedamirzaevlar hamda institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi Sh.Zaynuddinova ishtirok etdilar. Davra suhbatida talabalar konstitutsiyamizga kiritilgan 8 marotaba o‘zgartirish va uning mohiyati, 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi mohiyati, Saylov kodeksiga kiritilgan yangiliklar bilan tanishtirildi.

photo_2019-12-06_11-49-42 photo_2019-12-06_11-49-45