Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TTJda yashovchi talaba qizlar bilan maxsus uchrashuv

27.09.2019, 12:06 Yangiliklar 1623

“Institut Ilmiy Kengashining 2019 yil 30 avgustidagi 1/3-son qarori bilan tasdiqlangan Odob-ahloq qoidalari, TTJ Nizomi, TTJdan foydalanish bo‘yicha o‘zaro mas’uliyati to‘g‘risidagi va Odob-ahloq qoidalariga rioya qilish mas’uliyati bo‘yicha shartnomalarni ish yuritish jarayoniga kiritish” bo‘yicha Institut Rektorining 2019 yil 14 sentyabrdagi 01-722-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan, 27-sentabr kuni TTJda yashovchi talaba qizlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Tadbirda Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi mudiri H. Mirzaxmedova, mazkur kafedra magistrantlari E. Jo‘rayeva va D. Saidoripovalar  qatnashdilar. Psixolog, mazkur kafedra magistranti E.Jo‘rayeva tomonidan talaba qizlarga “O‘zni anglash psixologiyasi” mavzuida trening-meditatsiya o‘tib berildi. Qizlarni hayotda qiynayotgan ba’zi muammolarni yechish yo‘llari bo‘yicha tavsiya va yo‘riqlar berib o‘tildi. Uchrashuv yakunida talaba qizlar o’z mamnuniyat va minnatdorchiliklarini bildirdilar.

photo_2019-10-11_12-07-38