Turizm haftaligi doirasida: “Ğalaba boği” — tarixiy xotira va turistik tarğibot maskani
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF–87-son Farmoni 1-ilovasida belgilangan 5- va 9-bandlar ijrosini ta’minlaş, şuningdek, har yili noyabr oyining uçinçi haftasida ötkazilişi belgilangan Turizm ta’limi forumi va Turizm haftaligi doirasida Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti “Turizm va mehmondöstlik” mutaxassisligi 1-bosqiç magistrantlari uçun mazmunli ma’naviy-ma’rifiy taşrif taşkil etildi.
Taşrif davomida magistrantlar Turizm kafedrasi mudiri Xusanov Çori Kadiroviç boşçiligida poytaxtimizdagi “Ğalaba boği” yodgorlik majmuasida bölişdi.
Tadbir doirasida magistrantlar “Ğalaba boği”ning taşkil etiliş tarixi, uning tarixiy va ma’naviy ahamiyati, Ikkinçi jahon uruşi davrida xalqimiz körsatgan jasorat va fidoyilik haqida batafsil ma’lumotlarga ega böldilar. Şuningdek, majmua hududida joylaşgan “Şon-şaraf” davlat muzeyi ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanişib, xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy qadriyatlari va mardlik an’analarini aks ettiruvçi eksponatlarni örgandilar.
Taşrifning alohida jihati şundaki, magistrantlar özlarining nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyğunlaştiriş maqsadida “Ğalaba boği” yodgorlik majmuasi hamda “Şon-şaraf” davlat muzeyi haqida şarq tillarida videoroliklar tayyorladilar.
Mazkur amaliy taşabbus magistrantlarning xorijiy tillardagi nutqiy kompetensiyalarini mustahkamlaş, tarixiy-madaniy meros obyektlarini xalqaro miqyosda tarğib qiliş, ekskursiya xizmatlarini taşkil etiş hamda turizm sohasida zamonaviy kommunikatsiya könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy va amaliy tadbirlar bölajak turizm mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oşiriş, ularda milliy tarix va madaniy merosga hurmat tuyğusini mustahkamlaş hamda Özbekistonning boy turistik imkoniyatlarini xorijiy auditoriyaga taniştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.