Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TURIZM – MADANIYATLAR VA SIVILIZATSIYALAR MULOQOTI

25.11.2026, 12:00 Yangiliklar 69

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turizm haftaligi doirasida xalqaro madaniy aloqalar, xalqlar do‘stligi va hamjihatligini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti Turizm kafedrasi tashabbusi bilan “Turizm – madaniyatlar va sivilizatsiyalar muloqoti” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida badiiy chiqishlar, turli mamlakatlarning gastronomik taqdimotlari, “Dunyo bo‘ylab” kvesti va interaktiv o‘yinlar o‘tkazilib, ishtirokchilar turli xalqlarning milliy an’analari va madaniyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tadbir yoshlarning xalqaro dunyoqarashini kengaytirish, turizmga qiziqishini oshirish hamda millatlararo madaniy muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.

Turizm – shunchaki sayohat emas, balki madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotdir!