Ummon Sultonligi Shuro majlisi a’zosi, taniqli media ekspert Ali al-Hasaniy Toshkentga keldi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga Ummon Sultonligi Shuro majlisi aʼzosi, “Asdo” elektron gazetasi bosh muharriri Ali bin Xalafon al-Hasaniy tashrif buyurdi.



Tashrif doirasida faxriy mehmon Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) faoliyati bilan yaqindan tanishdi .Shuningdek uchrashuv davomida Ummonning Asdo elektron gazetasi va universitet ilmiy nashrlari o’rtasida hamkorlik, aspirant tadqiqotchilar va talabalarning ilmiy maqolalarini Asdo gazetasida nashr etish masalalari muhokama qilindi.


