Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Uyda qoling maqola yozing!

06.04.2020, 23:35 E'lonlar, Konferensiya 2073

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT DAVLAT ShARQShUNOSLIK INSTITUTI

AXBOROT XATI

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 2020 yil aprel oyi davomida quyidagi mavzularda talabalarning onlayn ilmiy konferensiyalari tashkil etiladi.

 

Sana 

Konferensiya mavzusi

tashkil etishga mas’ul

13-aprel

“Yosh koreyashunoslik: ilm va ijod ostonasida”

Koreyashunoslik fakultetining Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri f.f.d., dos. U.Saidazimova, tel.: 909492115

15-aprel

“Yosh tarjimashunoslar anjumani”

Sharq filologiyasi fakultetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri PhD. X.Xamidov, tel.: 909600623

17-aprel

“Janubiy va Janubiy Osiyo mamlakatlari filologiyasiga ilk qadamlar”

Sharq filologiyasi fakultetining Janubiy va Janubiy Osiyo tillari kafedrasi mudiri, f.f.d., prof. U.Muhibova, tel.: 946443037

18-aprel

“Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari: siyosat, tarix va iqtisodiyot”

Xitoyshunoslik fakultetining Xitoy siyosati, tarixi va iqtisodiyoti kafedrasi mudiri s.f.n. A.Sharapov, tel.: 901764194

19-aprel “Yosh eronshunoslar anjumani”

 Sharq filologiyasi fakultetining Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi mudiri PhD. X.Mirzahmedova, tel.: 997951061

22-aprel “Yosh arabshunoslar anjumani”

Sharq filologiyasi fakultetining Arab filologiyasi kafedrasi mudiri f.f.d., prof. Sh.Shomusarov, tel.: 909070057

25-aprel

“Xitoyshunoslikda innovasiyalar: g‘oyalar, muammolar, istiqbolli rejalar”

Xitoyshunoslik fakul’tetining Xitoy tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi S.Muxtorova, tel.: +998977105033, el.pochta: ozod_ochilov@mail.ru

27-aprel Shoislom Shomuhamedov nomidagi “Yosh sharqshunoslar forumi” ilmiy to‘plami

 Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi S.Maxatov. Tel.: +998909791907

Mazkur onlayn konferensiyalarda ishtirok etishni istagan talabalar Sharq tili va adabiyoti, tarjimashunoslik, tarix, siyosat, iqtisod hamda Sharq falsafasi va madaniyati yo‘nalishlarida o‘z ilmiy izlanishlari natijasida tayyorlagan ilmiy maqolalarini taqdim etishlari mumkin.
Onlayn konferensiyalar belgilangan kuni soat 11:00 “Zoom” platformasi orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik institutida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalarning sharqshunoslik sohasiga oid ilmiy maqolalaridan iborat quyidagi ilmiy to‘plamlar nashrga tayyorlanmoqda:

Ilmiy to‘plam nomi Nashrga mas’ul
“Kamolot sari – iqtidorli talabalar ilmiy to‘plami” Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i f.f.n. Sh.Axmedova. Tel.: +998903167071
“Sharqshunoslar anjumani” ilmiy to‘plami Tahririy-nashriyot bo‘limi boshlig‘i Z.Alimov. Tel.: +998901670066

Maqolalar joriy yil 15 aprelga qadar ilmiy rahbar taqrizi bilan birga yuqorida zikr etilgan mas’ullar telefoniga biriktirilgan “Telegram” kanallari orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Shuningdek, ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali murojaat qilib, qo‘shimcha ma’lumotlar olish mumkin.
Maqola Word 2003, 2010da .doc formatida (A4), barcha tomondan 2 sm joy qoldirilib, Times New Roman shriftida, 14 hajm kattalikda, 1,5 intervalda rasmiylashtiriladi.
Matnda ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga mualliflarning o‘zlari javobgar. Qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan maqolalar nashrga tavsiya etilmaydi.