“Uzbekistan Summer School 2026” ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Uzbekistan Summer School 2026” xalqaro yozgi maktabi ishtirokchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva ishtirok etib, yozgi maktab davomida ishtirokchilarning olgan taassurotlari, o‘rgangan bilimlari hamda dastur yuzasidan fikr va mulohazalarini tingladi.


Suhbat davomida ishtirokchilar O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati, milliy qadriyatlari, urf-odatlari hamda zamonaviy taraqqiyoti bilan yaqindan tanishish imkoniyati ular uchun katta taassurot qoldirganini ta’kidladilar. Shuningdek, universitetda tashkil etilgan ma’rifiy uchrashuvlar, madaniy tadbirlar va sayohatlar dastur mazmunini yanada boyitgani takidladilar.


Muloqot davomida ishtirokchilar “Uzbekistan Summer School 2026” dasturi doirasida orttirgan bilim va tajribalari, yangi do‘stlik va xalqaro aloqalar kelgusidagi ilmiy hamda professional faoliyatlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanini bildirdilar.
Yakunda yozgi maktabda faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

