Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Varşava universiteti professor-öqituvçilari iştirokida ma’ruzalar, ilmiy va öquv-uslubiy sohada uçraşuvlar taşkil etildi

12.11.2026, 10:30 Yangiliklar 21

Taşrif doirasida Osiyo va Afrika madaniyatlari fakulteti olimlari talabalar uçun öz ilmiy izlanişlari va zamonaviy tadqiqot yondaşuvlariga bağişlangan quyidagi ma’ruzalarni öqidilar:
🔹 Agata Bareja-Starzyńska – «Buddaviylikning möğul xalqi va madaniyatiga ta’siri»
🔹 Magdalena Kubarek – «Zamonaviy islomiy adabiyot (al-adab al-islāmī) ijtimoiy loyiha sifatida»
🔹 Mirosław Michalak – «Epos va geografiya oralığında: ötmişdagi madaniy landşaftlarni tadqiq etişga yangiça yondaşuv izlab»
🔹 Jan Stanisław Rogala – «Möğul va özbek xalqlarining muştarak merosi: köçmançilik va çorvaçilik leksikasi tadqiqi»

Ma’ruzalar davomida talabalar Şarq xalqlarining tarixi, madaniyati, dini, adabiyoti va til merosiga oid ilmiy qaraşlar bilan tanişib, özlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan xorijlik mutaxassislar bilan fikr almaşdilar.
Delegatsiya a’zolari universitet kafedralari va ilmiy markazlarining faoliyati, ta’lim jarayoni hamda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan ham yaqindan tanişdilar. Professor-öqituvçilar bilan uçraşuvlarda özaro tajriba almaşiş, ilmiy izlan işlarni rivojlantiriş va hamkorlikning istiqbolli yö n alişlari muhokama qilindi.
Xususan, talabalar va öqituvçilar akademik mobilligini kengaytiriş, qöşma ilmiy loyihalarni işlab çiqiş, yozgi maktablar va tematik seminarlar taşkil etiş, onlayn ma’ruzalarni yölga qöyiş hamda hamkorlikda ilmiy naşrlar tayyorlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Mazkur taşrif ikki universitet örtasidagi ilmiy va ta’lim aloqalarini mustahkamlaş, talabalar uçun xalqaro akademik muloqot imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qildi.