Varşava universitetining Şarqşunoslik instituti bilan hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda
2026-yilining 10-noyabr kuni Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektori, professor Saodat Nasirova soha böyiça Yevropadagi yirik ta’lim maskanlaridan biri bölgan Varşava universitetining Şarqşunoslik instituti vakillari bilan uçraşdi.
Uçraşuvda xorijiy tomondan quyidagi vakillar iştirok etdi:



Professor Agata Bareja-Starzyńska — Osiyo va Afrika madaniyatlari fakulteti dekani, Dr. Jan Stanisław Rogala — Turkiy, möğul va tibetşunoslik kafedrasi mudiri, Dr. Magdalena Kubarek — Osiyo va Afrika madaniyatlari fakulteti dekan örinbosari, Dr. Mirosław Miçalak — Eronşunoslik kafedrasi mudiri.
Muzokaralar davomida tomonlar özaro hamkorlikni rivojlantirişning bir qator muhim yönalişlarini muhokama qildilar:
-Professor-öqituvçilar mobilligi va talabalar almaşinuvi dasturlarini kengaytiriş,
– Varşavada universitetidagi «Özbek madaniyati markazi faoliyati»ni yanada rivojlantiriş,
-Xalqaro konferensiyalarda özaro faol iştirok etişni yölga qöyiş, -«Yozgi maktab» loyihasi doirasida Varşava universiteti talabalarining TDŞUga taşrifini taşkil etiş.
-Turkşunoslik, Eronşunoslik, va Arabşunoslik maktablari örtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni kuçaytiriş.
Uçraşuv yakunida tomonlar belgilangan yönalişlar böyiça qöşma loyihalarni hayotga tatbiq etişga kelişib oldilar.


Varşava universiteti haqida qisqaça ma’lumot:
Varşava universiteti (Uniwersytet Warszawski) Polşaning eng nufuzli va eng yirik oliy ta’lim muassasasi bölib, milliy reytingda barqaror ravişda 1-örinni egallab kelmoqda. Universitetning xalqaro va milliy reytinglardagi körsatkiçlari quyidagiça:
• QS World University Rankings: Jahon miqyosida 289-örinni egallaydi. Şuningdek, Şarqiy Yevropa davlatlari universitetlari orasida eng kuçli 2-örinda turadi.
• Academic Ranking of World Universities (ARWU / Şanxay reytingi): dunyo böyiça 401–500-örinlar oraliğidan joy olgan.
• Times Higher Education (THE): Jahon reytingida 601–800-örinlar sirasiga kiradi.





