Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro hamkorlik

13.03.2020, 10:28 Yangiliklar 1714

Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Boltiq xalqaro akademiyasi senati raisi professor Stanislav Buka tashrif buyurdi. Mazkur uchrashuvda ToshDShI rektori G.Rixsieva mehmonga institut faoliyati va tarixi haqida ma’lumot berdi. Suhbat davomida ToshDShI va Boltiq xalqaro akademiyasi bilan hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi va tegishli takliflar berildi. Uchrashuvda ToshDShI va Boltiq xalqaro akademiyasi bilan magistraturada “double degree” dasturini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi. Uchrashuv so‘ngida Stanislav Buka O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar haqida so’z yuritib amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.IMG_5895