Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro kuzatuvchi Salim Mazharning TDSHUga tashrifi

25.10.2021, 23:13 Yangiliklar 1193

🇺🇿2021-yil 24-oktabrda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi Panjob universiteti prorektori Muhammad Salim Mazhar 2021-yil 25-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuv jarayonida mehmonga TDSHU faoliyati, shu jumladan, urdushunoslikni rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi va o‘zaro hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

Shuningdek, TDSHUda urdu tilidan tahsil olayotgan talabalar bilan mehmonlar o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi.

4C255688-C045-444C-A90E-AFE87ED1CB82

A9881401-89C8-4CDF-9390-BC29DC7D938C

TDSHU Matbuot xizmati