Xitoy rangtasviri va madaniyatiga bağişlangan ilmiy-ma’rifiy ma’ruza ötkazildi
Xitoyşunoslik oliy maktabi hamda Tarjimaşunoslik, tilşunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi hamkorligida 2026-yil 26-oktabr kuni Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida “Xitoy rangtasvirini anglaş, Xitoy madaniyatini tuşuniş” mavzusida ilmiy-ma’rifiy ma’ruza taşkil etildi.

Ma’ruzani Özbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yönalişlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlaş hamda ularning malakasini oşiriş markazi taşqi eksperti Zhao Guiyang öqidi. Unda Xitoy manzara rangtasviri va an’anaviy boğlar san’ati orqali xitoy xalqining estetik qaraşlari hamda tafakkur tarzi yoritildi.

Tadbirda Tarjimaşunoslik yönalişi 2-bosqiç talabalari, Sinxron tarjima va Lingvistika mutaxassisliklari magistrantlari hamda professor-öqituvçilar iştirok etdilar. Ma’ruza iştirokçilarning Xitoy san’ati va madaniyati haqidagi bilimlarini boyitişga xizmat qildi.

