Xitoyda TDSHU hamda Liaoning pedagogika universiteti hamkorligida yangi ilmiy markaz ochildi
Xitoyda hamkorlikda yangi ilmiy markaz ochildi. Mazkur markaz ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni chuqur o‘rganish, sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda akademik almashinuvlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Markaz faoliyati doirasida Xitoy va O‘zbekiston olimlari ishtirokida qo‘shma ilmiy loyihalar, konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, shuningdek, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.