Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

XORIJDAGI TALABALIK DAVRIM VA ORTTIRGAN TAJRIBALARIM

28.05.2020, 15:05 Yangiliklar 2969

Afsonaviy “Oshin” serialini ko’rmagan, Oshin bilan birga quvonib, kuyunmagan o‘zbek tomoshabini bo‘lmasa kerak. Men ham ana shunday tomoshabinlardan biriman. 6 yoshimda Oshin serialini ilk bor tomosha qilib, Yaponiya degan davlat borligini bilganman. Oradan ancha yillar o‘tib yapon tilini o‘rganib, Yaponiyada yashab, ta’lim olishim hayolimga ham kelmagan ekan.

Men o‘rta maktabni bitirgandan so‘ng TDShI (hozirgi TDShU) qoshidagi Xorijiy tillar akademik litseyiga o‘qishga kirib, litseyda ilk bor Yaponiya, yapon madaniyati bilan tanishib, yapon tilini o‘rgana boshlaganman. Litseyni bitirib 2013-yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti (2020-yil aprel oyidan Universitet)ning Sharq filologiyasi fakulteti Yapon filologiyasi kafedrasiga o‘qishga qabul qilinganman.Yapon filologiyasi kafedrasida darslar yapon tili ona tilisi bo‘lgan Yaponiyalik ustozlar va Yaponiyada ta’lim olib, malaka oshirib kelgan malakali o‘qituvchilar tomonidan yapon tilida o‘rgatiladi. Shu sababli yapon tili o‘rganuvchilarida ilk o‘qish kunlaridan yapon tiliga qiziqish hamda ishtiyoq uyg’onadi va ular 4  yil davomida yapon tilini chuqur o‘rganib, o’z kasbining mutaxassisi bo‘lib yetishadi deb o’ylayman.

Men 2015-yilda yapon tili o‘rganuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yapontilida notiqlik san’ati” tanlovining Respublika bosqichida faxrli birinchi o‘rinni egalladim va shu yili Yaponiyada bir yillik ta’lim olish uchun Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan saralash imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, 2015-2016- o‘quv yilida Yaponiyaning Wakayama Universitetida o‘qib, malaka oshirib qaytganman.

Men Sharqshunoslik universitetida 4 yil davomida yapon tili, madaniyati, Yaponiya tarixini chuqu ro‘rganib, 2018-yilda TDShUni muvaffaqiyatli tamomladim va 2018-yil oktabr oyidan Tokyo Chet Tillar Universitetining magistratura bosqichida ta’lim olib kelmoq daman. 4 yil davomida o‘z vaqtini, bilimini ayamay menga ta’lim bergan barcha Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Yapon filologiyasi professor o‘qituvchilariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

32

(TDShU Diplom topshirish marosimidan. 2018-yil iyul)

Yaponiya- bu kunchiqar mamlakat samuraylarning vatani, jang san’atlari va erta bahor gullaydigan go‘zal sakura daraxti bilan mashhur orol mamlakatdir. Shu bilan birga, Yaponiya rivojlangan davlatlar reytingida iqtisodiy tomondan yetakchi o’rinni egallaydi.  Yaponiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni dunyoning istalgan joyida ko‘rish mumkin, yapon olimlari tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar va qilingan ixtirolar dunyoning barcha mamlakatlari olimlari va ishlab chiqaruvchilari tomonidan ijobiy qabul qilinadi.

6262

(TUFS Universitetining instagramdagi sahifasi @tufs_tokyogaidai dan)

 Tokyo Chet TillarUniversiteti (quyidaTUFS) Yaponiya poytaxti Tokyo shahrida joylashgan. TUFS da asosan chet tillari o‘rgatiladi, xalqaro aloqalar va xalqaro munosabatlarga oid ilmiy izlanishlar olib boriladi.

Universitet xalqaro tadqiqotlarga bag’ishlangan Yaponiyadagi eng qadimgi ilm dargohlaridan biri hisoblanadi. Uning tarixi 1857-yilda xalqaro hujjatlarni o’rganuvchi蛮書調所(Bansho Shirabesho) Instituti sifatidagi faoliyati bilan boshlangan. 1899-yilda universitet東京外国語学校(Tokyo gaikokugo gakkou) nomli mustaqil xalqaro tadqiqotlar bilan shug’ullanuvchi muassasa sifatida shakllantirilgan. TUFS 1999-yilda o‘zining 126-yilligini munosib darajada nishonlagan.

5412

(TUFS campusi. TUFS ning instagramdagi sahifasi @tufs_tokyogaidai dan)

Tokyo Chet Tillar Universiteti Yaponiyadagi chet tillarni o‘rganuvchi va xalqaro ilmiy izlanishlar olib boriluvchi nufuzli universitetdir. Bu universitet bitiruvchilari orasidan yetuk tarjimonlar, tadqiqotchi, professor va diplomatlar yetishib chiqadi. Yaponiyada talabaning bilimini baholash va u haqida ijobiy fikrga ega bo‘lish uchun u o‘qiydigan universitet nomini eshitish ilk taassurotlar shakllanishi uchun kifoya. TUFS mana shunday ilg’or talabalari va kuchli ilmiy tadqiqotchi va professorlari bilan mashhur universitetlardandir. Hozirgi kunda universitetda bakalavr bosqichi uchun Lingvokulturologiya (har yili 1-kursga 370 talaba qabul qilinadi), shuningdek, Xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlar fakultetlari (har yili 1-kurs uchun 375 talaba qabul qilinadi) mavjud. Magistratura va aspirantura darajalari uchun har yili 148 ta magistr va 40 ta aspirantlar o‘qishga qabul qilinadi. Ular chet tillarni va chet mamlakatlar tarixini o‘rganib, ilmiy ishlar olib boradilar.

TUFSning menga yoqadigan jihatlaridan biri, bu yerda ko‘plab chet tillari qatori o‘zbek tili ham o‘rgatilishi va O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixi, madaniyati va o‘zbek tiliga oid ilmiy ishlar olib borilishidir. O‘zbek tilini mukammal biluvchi professorlar va yapon talabalari bilan o‘z onatilida muloqot qilish juda maroqli. TUFS Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti bilan ancha yillardan buyon yaqin ilmiy hamkorlik qilib keladi. Har yili TDShU da yapon tilini o‘rganuvchi talabalar orasida Yaponiyada 1 yillik ta’lim olish uchun saralash imtihonlari o‘tkazilib, saralangan talabalar TUFS universitetida 1 yil davomida yapon tili , Yaponiya madaniyatini o‘rganish yoki bilimlarini chuqurlashitirib, yangi malakalarga ega bo‘lish imkoniyatiga sazovor bo‘ladilar. Aynan shu tartibda TUFS da o‘zbek va rus tillarini o‘rganuvchi yapon talabalari Sharqshunoslik Universiteti da biryil davomida o‘qib, malakalarini oshiradilar. O‘zbek yoki rus tillarida juda yaxshi gapiradigan yapon talabalarini ko‘pchiligingiz universitetda uchratganingiz yoki yaqin tanishingizga shubham yo’q.

TUFS da ta’lim olishga kelsak, universitetda asosiy ta’lim tili yapon tili hisoblanadi. Shuningdek, asosiy ta’lim tili ingliz tili bo‘lgan Peace and Coflicts fakulteti ham mavjud. Men ham TUFS da yapon tilida ta’lim olib, ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman. TDShU da olgan bilim va ko‘nikmalarim sabab hozirgi kunda TUFS da ta’lim olish va ilmiy izlanishlar olib boorish jarayonida qiyinchiliklar sezilmaydi.

65656

(TUFS dagi dars jarayonidan. Surat TUFS ning instagramdagi sahifasi @tufs_tokyo gaidai dan)

Yaponiyadagi hayot, albatta, universitet hayoti bilan gina chegaralanib qolmaydi. Barcha yapon talabalari va chetellik talabalar darslardan bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar. Men darsdan bo‘sh vaqtlarimda “留学生が先生”(Chet ellik talaba-ustoz)dasturi doirasida Tokyo shahridagi o‘rta ta’lim maktablarida O‘zbekiston haqida o‘quvchilarga darslar o‘taman.“留学生が先生”(Chet ellik talaba-ustoz)amaly ta’lim dasturiga dunyoning turli mamlakatlaridan kelib, Yaponiyada ta’lim oluvchi talabalar saralab olinadi. Bu dasturning maqsadi o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida chet tillarini o‘rganishga qiziqish uyg’otish, bilimga chanqoq bo‘lish va o‘z kelajagiga ishonch uyg’otishdir. Men ham ushbu ta’lim dasturi doirasida Tokyo shahridagi o‘rta maktablari o‘quvchilariga o‘zbek madaniyati, urf-odatlari haqida, o‘z yutuqlarim va qanday qilib budarajaga erishganimni so‘zlab berib, o‘quvchilarga o‘z kelajagi uchun tinmay o‘qish va o‘z ustida ishlash uchun maslahatlar berib, ularni ruhlantirishga harakat qilaman. Bu Chet ellik-talaba ustoz o‘quv-amaliy dasturining eng qiziqarli tomoni shundaki, biz har safar turli maktablarga tashrif buyuramiz va ilk marotaba ko‘rib turgan auditoriya oldida o‘qituvchi sifatida dars o‘tamiz. Maktab o‘quvchilari bizning tashrifimizdan oldin, chetellik talabalarning vatani haqida ma’lumotlar to‘plab, har xil devoriy gazetalar tayyorlaydilar. Yapon maktabiga kirib borib, men uchun tayyorlangan O‘zbekiston haqidagi devoriy gazetalarni va yapon o‘quvchilari tomonidan o‘z o‘zbek tilida yozilgan minnatdorchilik so‘zlarini ko‘rib faxrlanaman.

33222

(Tokyoda joylashgan o‘rta maktabda O‘zbekiston haqidagi darsimdan so‘ng. 2020-yil yanvar)

Men chetellik talabalar uchun tashkil etiladigan tadbirlar va ko’rik-tanlovlarda ham qatnashib turaman. 2019-yil may oyida o‘tkazilgan Musashino chetellik talaba qizlar uchun o‘tkazilgan notiqlik san’atida qatnashib, faxrli o‘rinni egalladim.

Bundan tashqari, Yaponiyadagi o’zbek talabalari O’zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida tashkil etiladigan turli tadbirlarda ham ishitirok etamiz. Masalan, Navro’z bayrami, Mustaqillik kuniga bag’ishlangan tadbir vah.k.

6565656

(Musashino chet ellik talabaqizlar o‘rtasidagi notiqlik san’atidan so‘ng)

Harakat qilgan, ilmga chanqoq, o‘z ustida ishlashdan charchamaydigan inson ko‘p yutuqlarga erisha oladi deb o‘ylayman. Doimo oldinga intilib, yangi marralarni zabt etishga harakat qilish kerak. Harakatda barakat deganlaridek, har bir intilish va tirishqoqlik bir kun kelib o‘zmevasini beradi. Siz ham hozirgi kunda Sharqshunoslik Universitetida o‘zmutaxassilgingiz bo‘yicha kerakli bilimlarni olib, kelajakda o‘z kasbiningizning yetuk mutaxassisi bo‘lishiningizga ishonaman. Mening ushbu hikoyam sizga ozgina bo‘lsa ham motivatsiya bergan yoki TUFS universiteti haqida sizni qiziqtirgan savollarga javob topishga yordam bergan bo‘lsa, juda xursand bo‘laman.

Shu o‘rinda, 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti tashkil etilganligi bilan barcha universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari, shuningdek, universitet bitiruvchilarini chin dilimdan tabriklayman. Sharqshunoslik sohasiga qaratilayotgan bunday e’tibor, albatta, kelgusida sharqshunoslik sohasining yanada rivojlanishi, xalqaro miqyosdagi malakali sharqshunos kadrlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi.

Tokyo Chet Tillar Universiteti (TUFS) magistranti

Ibrohimova Zulayho