Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

XORIJIY MUTAXASSIS ISHTIROKIDAGI BINAR BO‘LIB O‘TDI

16.09.2026, 14:08 Yangiliklar 71

#ArabTili #BRM4 #BRM17 #XalqaroHamqorlik #Hisobot

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabida «Arab tilini o‘qitishda xalqaro tajriba: nazariya va strategiyalar» mavzusida seminar-trening (binar) muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ma’ruzachi: O‘mon Oliy ta’lim vazirligi vakili, xalqaro tajribaga ega mutaxassis Dr. Huzaym Al-Mani’iy (حُزَيم بن محمد المانعي).
Mavzu ko‘lami: Arab tilini ona tili bo‘lmagan auditoriyaga o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi, pedagogik yondashuvlar hamda O‘mon madaniyatini xorijiy talabalarga yetkazish amaliyoti.

Binar davomida Dr. Huzaym Al-Mani’iy Yevropa, Osiyo va Amerika universitetlarida orttirgan ko‘p yillik tajribasidan kelib chiqib, til o‘rgatishda qo‘llaniladigan samarali interaktiv strategiyalar haqida tushuncha berdi.

Tadbiring yakunida ishtirokchilar va soha mutaxassislari tomonidan xalqaro tajriba almashinuvining ahamiyati alohida ta’kidlanib, kelgusida ham shunday samarali hamkorlik hamda o’quv uslubiy va ilmiy uchrashuvlarni izchil davom ettirish taklifi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.