Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

XXR OTMlarida stajirovka uchun tanlov 1-bosqich natijalari

27.01.2022, 22:58 E'lonlar 2053

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari orasida 2022-2023 o‘quv yilida  Xitoy Xalq Respublikasi OTMlarida stajirovka o’tash uchun  2022-yil 25 va 27-yanvar kunlari onlayn o’tkazilgan tanlov natijalari bilan tanishing.

Xitoy tili bo‘yicha tanlov natijalariga ko‘ra 56% (44,8 ball) dan ortiq ball to‘plagan ishtirokchilar 2022-yil 29-yanvar kuni o’tkaziladigan Ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha og‘zaki suhbatga tavsiya etiladilar.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha onlayn og‘zaki suhbat jadvaliga diqqat qiling.

Tanlov natijalaridan qoniqmagan talabalar 2022-yil 28-yanvar soat 18:00ga qadar o’z arizalarini  telegram orqali Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i A. Muhsinovga yuborishlari mumkin.

Kontakt raqam: +998 91 136 13 00

TDSHU Matbuot xizmati