Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

YOSH OLIMLAR KENGASHIning navbatdagi Ilmiy seminari

15.09.2018, 16:18 Ilmiy faoliyat 3698

2018–yil 11–sentyabrda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida  YOSH OLIMLAR KENGASHIning navbatdagi Ilmiy seminari o‘tkazildi.  Unda Sharq filolgiyasi fakulteti “Mumtoz filologiya” kafedrasi tayanch doktoranti Bahriddin UMURZOQOV “Xojagon-naqshbandiya mashoyixi tazkirasi “Rashahot ayn al-hayot”ning noyob o‘zbekcha tarjimasi” mavzuida hamda “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasi tayanch doktoranti Dildora XO‘JANOVA “Movorounnahr olimlarining arab aruziga qo‘shgan hissasi” mavzuida ma’ruza qildi.

Ekspert sifatida filologiya fanlari doktori, professor R.U.Xodjayeva va filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Ziyavuddinova ishtirok etdilar.