Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yosh olimlar kengashining navbatdagi seminari

01.03.2019, 15:05 Yangiliklar 2012

2019-yilning 1-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Yosh olimlar kengashining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda  “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedrasi tayanch doktoranti Suxrob Bo‘ronov  “O‘zbekiston Respublikasining transafg‘on loyihalari: muammo va istiqbollari” mavzusida, hamda Dilshod Ibrohimov “Bir makon bir yo‘l” strategiyasining mohiyati va uning Markaziy Osiyoga ta’siri” mavzularida ma’ruza o‘qidi.

Seminarda yuqori malakali ekspertlar: s.f.n. professor F. Tolipov, s.f.n I. Bekmuratov, institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N. Abdullaev, Yosh olimlar kengashi raisi Ph.D D.Sayfullaev hamda institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrant va talabalari qatnashdilar.

Ma’ruzachilar tomonidan seminar davomida qiziqarli taqdimotlar ko‘rsatildi. Ma’ruzalar zamonaviy xalqaro munosabatlar va jahon siyosiy maydonidagi dolzarb mavzularni qamrab olgan. Shu sababli seminar qizg‘in va interaktiv tarzda o‘tkazildi. Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar va umumiy baxs-munozaraviy xulosalar qilindi.

 

photo_2019-03-02_11-24-43photo_2019-03-02_11-24-51photo_2019-03-02_11-24-57photo_2019-03-02_11-25-11photo_2019-03-02_11-25-01photo_2019-03-02_11-25-21