Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yoshlarni yangi startap loyihalar yaratishga o‘rgatishga bag‘ishlangan onlayn trening-mashg‘uloti o‘tkazildi.

22.08.2020, 16:45 Yangiliklar 1543

2020-yil 22-avgust kuni yoshlarni yangi startap loyihalar yaratishga o‘rgatishga bag‘ishlangan onlayn trening-mashg‘uloti o‘tkazildi.

Onlayn trening “Startap (Start-up) uslubiyati, startapni rivojlantirish va biznesga aylantirish asoslari” mavzusida Usmon Rahimjonov tomonidan o‘tkazildi.

Treningda talabalarga startap loyihalari bo‘yicha yangi innovatsion mahsulotlar yaratish va xizmatlarni ko‘rsatish, ishchi guruhlarni shakllantirish, g‘oyalarni muvaffaqiyatli startapga aylantirishning asosiy bosqichlari xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek mazkur  onlayn treningda talabalar, magistrantlar, yosh tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4680 son qarori tasdiqlangan  “2020-2023 yillarda  Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini kompleks rivojlantirish dasturining “Yoshlarni ilmiy ishlarga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni kadrlar bilan ta’minlash tizimini shakllantirish” 13-bandi va TDSHU rektorining 2020-yil 15-maydagi  01-299 sonli buyrug‘i ijrosi doirasida o‘tkazildi.
Taqdimotni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
https://drive.google.com/file/d/1f_Z21FEuq_kP-XGv-dTD8epa9kH7f78x/view?usp=sharing
Videoni ko’rish uchun havolaga bosing: https://youtu.be/bPWCwpKcHV0