Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo’limi

 Imomova N Imamova Nilufar Asamutdinovna
Lavozimi: Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Seshanba va juma kunlari (14:00-17:00)
Tel.: +99871 233-29-85 / +99897 767-87-37
E-mail: nilufar_imamova@tsuos.uz

       Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

       Bo‘lim universitet va uning tarkibiy bo‘linmalari, professor-o‘qituvchilari, xodimlarining xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtiradi.

     Bo‘lim o‘z faoliyatini amalga oshirishda universitetning barcha tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlari, kafedralari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari, tashkilotlari va markazlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Bo‘lim boshlig‘ining funksional vazifalari:

– xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar bilan hamkorlikni o‘rnatish va doimiy ravishda ish olib boradi;

– xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;

– xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini nazorat qilinishini ta’minlaydi;

– universitet xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi parametrlarni doimiy nazorat qiladi;

– oliy ta’lim muassasasi Kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda xalqaro reytinglarda ishtirok etish masalalari bo‘yicha bo‘lim manfaatlarini o‘z vakolati doirasida himoya qiladi va amalga oshiradi;

– xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limining oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.

Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

Bo‘lim quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Universitet xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar bilan kelishuvlar asosida hamkorlik rejasini ishlab chiqadi va asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
  • Universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektoriga universitet xalqaro reytingini ko‘tarish yuzasidan tegishli takliflarni beradi;
  • Xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar va reyting agentliklari bilan hamkorlik loyihalarni amalga oshirish borasida universitet fakultetlari, kafedra va bo‘linmalariga yordam beradi;
  • Xalqaro reytinglar bo‘yicha xorijiy safarlarni amaldagi normativ hujjatlar asosida amalga oshiradi;
  • Universitetning xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyati to‘g‘risida chorak, yarim yillik, to‘qqiz oylik va bir yillik hisobotlarini tayyorlaydi va universitet rahbariyati tomonidan tasdiqlangan holda universitet monitoring bo‘limiga topshiradi hamda tegishli tashkilot va idoralarga taqdim etadi;
  • Universitetning moddiy va ilmiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash maqsadida xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari va donor tashkilotlarning beg‘araz ko‘mak va grant mablag‘larini jalb qilishda ishtirok etadi;
  • Bo‘lim faoliyati doirasida Universitetning xalqaro reytingini ko‘tarish yuzasidan boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, tegishli hujjatlarini ko‘rib chiqish va takliflarni tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • Xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar, reyting agentliklari, mahalliy va xalqaro ekspertlar, maslahatchilar va mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish olib borish;
  • Xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar, reyting agentliklari, mahalliy va xalqaro ekspertlar, maslahatchilar va mutaxassislarni Universitetga taklif qilish, shuningdek xorijdagi tadbirlarda, davra suhbatlarida, xalqaro forum va konferensiyalarda Universitet mutaxassislarning ishtirokini tashkil etish va ta’minlash hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Universitetni xalqaro e’tirof etilgan QS va THE World University Rankings xalqaro reytinglari TOP 1000 talikka kirishini amalga oshirish;
  • Universitetning xalqaro reytingini ko‘tarish bilan bog‘liq ma’lumotlarni jamlab monitoring qilish va uni muvofiqlashtirish, fakultetlar va kafedralar kesimida universitetning xalqaro reytingga qo‘shayotgan ulushini aniqlab borish va nazorat qilish;
  • Universitet xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi parametrlarni doimiy nazorat qilish va ularning holati bo‘yicha universitet rahbariyatiga, fakultetlar, kafedralar va bo‘limlarning xodimlarini xalqaro reyting tizimi talablari bilan tanishtirib borish.

 

 image_2024-01-03_17-21-17 Qayumov Kozim Muxtor o‘g‘li
Lavozimi: Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi
Qabul vaqtlari: Seshanba va juma kunlari (09:00-16:00)
Tel.: +99871 233-29-85
+99894 657-14-77
E-mail: kozim_qayumov@tsuos.uz

 

Bo‘lim bosh mutaxassisining funksional vazifalari:

QS (Quacquarelli symonds) xalqaro reyting kompaniyasining portalida universitet profilini yaratish uchun ma’lumotlar to‘plash va doimiy ravishda yangilash;

– bo‘lim tomonidan QSning fan, dunyo universitetlari reytinglarida qatnashish uchun savolnomalarni to‘ldirib borishda fakultetlar va kafedralar kesimida ma’lumotlar to‘plash;

– Times Higher Education (THE) portalida Universitet profilini yaratish va Impakt va dunyo reytinglarida qatnashish uchun kerakli ma’lumotlarni yig‘ish va tegishli anketalarni to‘ldirish.

– “Academic reputation”, “Employer reputation” kriteriyalari bo‘yicha hujjatlarni to‘plashda fakultet va kafedralarga e’lon berish, ma’lumotlarni berilgan jadval ko‘rinishlarida to‘ldirish;

– universitet professor-o‘qituvchilarini Research Gate va Google Scholar saytlaridan ro‘yxatdan o‘tganliklari va maqolalar soni to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash;

– universitetda faoliyat yuritayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilar, fan doktori, fan nomzodi hamda PhD darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislar sonini hisoblash uchun statistik tahlil olib borishdan iborat.

– bo‘lim ish jarayonini monitoringini olib borish;

– xalqaro reytinglar va ularda ishtirok etish xususidagi buyruqlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va ijrosini ta’minlashdan iborat.

12.01.2024, 10:06 4683