Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yoshlar parlamenti a’zoligiga saylangan TDSHU talabasi

111

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zoligi uchun saylov ochiq, oshkora tarzda o‘tkazildi, saralash qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

Talabgorlar orasidan eng faol, tashabbuskor, zukkolarini aniqlash tajribali va talabchan hakamlar hay’atiga ham oson bo‘lmadi. Nomzodlar yoshlarga oid muammolarga yechimlari, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflari, bilimi hamda hozirjavobligi bilan birga notiqlik madaniyati, o‘z loyihasi mazmunini tinglovchilarga to‘liq yetkaza olishi va shu kabi mezonlar asosida sinovdan o‘tkazildi.

Quvonchlisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod bo‘lgan 53 yigit-qiz Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyaning tegishli qaroriga muvofiq Yoshlar parlamenti a’zosiga aylandi, ular orasida TDSHU universiteti Yoshlar Ittifoqi yetakchisi Komiljon Suyarov ham ushbu nomzodlar orasidan joy oldi.

Universitet jamoasi saylovda g‘olib bo‘lgan TDSHU talabasini qutlab, bildirilgan yuksak ishonchni oqlashi, samarali va sermahsul faoliyat yuritishi yo‘lida omad va zafarlar tilaydi.

222

10.04.2023, 14:55 915