Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yettinchi marotaba “Xorijiy sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” nomli ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

18.06.2021, 23:38 Yangiliklar 617

2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida Sharq mamlakatlarining rivojlanish omillari, ulardagi zamonaviy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarga oid tadqiqotlarni yanada rivojlantirish vazifasi belgilangan edi. Joriy yilning 15-iyun kuni yettinchi marotaba tashkil qilingan “Xorijiy sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” nomli ilmiy-amaliy anjuman mana shunday maqsadlarni o‘zida ifodalaydi. Ushbu ilmiy anjuman o‘tgan qisqa davr mobaynida respublika sharqshunos tarixchilar orasida o‘ziga xos muloqot platformasiga aylandi.

Konferensiyada taniqli tarixchi va sharqshunos olimlar professor Hasanov A.A. “ Umar ibn al-Xattob o‘limi va Usmon ibn Affonning xalifa etib saylanishi” , professor Hayitov Sh.A. “Sharq mamlakatlaridagi o‘zbeklar tarixiga bir nazar”, professor Shadmanova S.B. Sharq xalqlari turmush tarzi yevropalik fotosuratchilar nigohida dosent Zamonov A.T. Shayboniyxon va Shoh Ismoil o‘rtasidagi munosabatlarga doir” mavzulardagi ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

Yettinchi marotaba tashkil qilingan anjuman respublika sharqshunos  tarixchilarini bir davrada jamlab sharq davlatlari tarixiy taraqqiyoti va zamonaviy rivojlanish xususiyatlariga oid ko‘plab masalalarni muhokama qildi, o‘zaro fikrlar almashildi va yangi ilmiy xulosalar yaratildi.

Anjuman ishi Respublikada sharq xalqlari tarixini tadqiq qilish borasida yaratilgan, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan, maktabning hamon faol harakatda ekanligini ko‘rsatmoqda. Mualliflar tomonidan o‘rganilgan mavzular geografiyasi sharq mamlakatlarini to‘la qamrab oladi. Ularning xronologik chegarasi esa eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‘lib, maqolalarda sharqda davlatchilik taraqqiyoti, siyosiy institutlar va tizimlarning shakllanishi, sharq xalqlarining ijtimoiy hamda madaniy rivojlanish xususiyatlari, sharq xalqlarining xalqaro hamkorlik aloqalari, sharq davlatlari tarixiga oid manbalar tahlili, shuningdek, sharq davlatlari tarixini o‘qitishning dolzarb muammolari va metodologiyasi kabi mavzularda to‘rt yuzga yaqin ilmiy maqolalar va tezislar nashr qilindi.

Xulosa qilib aytganda Xorijiy Sharq mamlakatlarning hozirgi kundagi siyosati, iqtisodi, ijtimoiy hayoti va boshqa sohalarida sodir bo‘layotgan jarayonlarni doimiy ravishda kuzatib borish, ilmiy asosda tahlil qilish hamda kelajakda mazkur davlatlarda kutilishi mumkin bo‘lgan voqealar taxminini aytib berishga intilish sharqshunoslar oldida turgan eng dolzarb vazifalaridan biriga aylantirilishi davr talabidir. Xorijiy Sharq mamlakatlaridagi hozirgi jarayonlarni ilmiy tahlil etish o‘z navbatida xorijiy Sharq mamlakatlarining yaqin orada va kelajakda O‘zbekiston tashqi siyosatining birlamchi yo‘nalishlarida tutishi mumkin bo‘lgan o‘rnini belgilashga ham yordam beradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: